Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Qozoq Milliy pedagogika universiteti delegatsiyasi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Bugun, 24-noyabr kuni O‘zbekiston Milliy universitetida rektor Inom Madjidov Abay nomidagi Qozoq Milliy pedagogika universiteti rektori Tilet Bolat boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda shuningdek, O‘zMUning xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Raima Shirinova, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Yoqub Ergashev hamda tegishli fakultet dekanlari ishtirok etdi.

Muloqot chog‘ida ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, ikki tomonlama diplom dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ijtimoiy fanlar, kimyo, fizika va matematika yo‘nalishlarida qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, professor-o‘qituvchilar, talabalar, magistrantlar va doktorantlar uchun akademik mobillikni kengaytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Milliy universiteti va Abay nomidagi Qozoq Milliy pedagogika universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

O‘zMU Axborot xizmati