📺Bugun, 25 noyabr kuni CAU universitetida QS EURASIA FORUM 2025 bo‘lib o‘tmoqda.
🔴 Mazkur forumda QS reyting agentligining prezidenti NUNZIO QUACQUARELLI shaxsan ishtirok etib, barcha tadbir ishtirokchilarini mazkur reytingda ishtiroki va universitetlarning dunyoning eng kuchli universitetlari qatoriga kirib borayotganligidan hamda yildan-yilga universitetlar soni oshib borayotganligidan minnatdor ekanligini o‘z nutqida alohida ta’kidladi.
🔴 Forumda O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Majidov ishtirok etib, “Global hamkorlik strategiyalari: Zamonaviy universitet rivojining asosiy omili” mavzusidagi muzokarada bugungi kunda oliy ta’lim faqat milliy miqyosdagi bilim va kadrlar tayyorlash markazi emas, balki ilmiy tadqiqotlar orqali global muammolar yechimini izlash, insoniyatning umumiy intellektual kapitalini yaratish, mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy va akademik muloqotning asosiy drayveriga aylanib borayotganligi masalasiga keng to‘xtalib o‘tdi.
🔴 Shuningdek, Inom Majidov O‘zbekiston Milliy universiteti ham keyingi yillarda o‘z faoliyatini xalqaro standartlar, mintaqaviy hamkorlik va global integratsiya tamoyillari asosida kengaytirib borayotganligini qayd etdi.
🔴 Forum doirasida O‘zMU S.Utebaev nomidagi Atyrau neft va gaz universiteti va D.Serikbaev nomidagi Sharqiy Qozog‘iston universiteti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi. Universitet kundan-kunga xorijiy hamkorlar soni va hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirishga erishmoqda.


