Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

QS Sustainability Rankings 2026: O‘zMU TOP-1000 talikda

Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish sohasidagi eng yaxshi universitetlar reytingi (QS Sustainability Rankings 2026) e’lon qilindi.

Ushbu yilda reytingda O‘zbekiston Milliy universiteti Global TOP-1000 talikdan joy olib, 970-o‘rinni, Osiyo universitetlari orasida 335-o’rinni egalladi.

Environmental education (Ekologik ta’lim) ko’rsatkichi bo’yicha 407-o’ringa ko’tarildi (2024-yilga nisbatan 400+ pog’ona yaxshilangan).

Environmental sustainability (Atrof-muhit barqarorligi) ko’rsatkichi bo’yicha universitet 470-o’rinni egalladi.

Bu natijalar universitetning ekologik ta’lim, yashil tashabbuslar, boshqaruv samaradorligi hamda bilim almashinuvi bo‘yicha olib borayotgan tizimli islohotlari xalqaro darajada e’tirof etilayotganidan dalolat beradi.

Dunyo miqyosida barqarorlikni ta’minlash dolzarb vazifa bo’lib bormoqda. Ushbu global tashabbuslarda O’zbekiston Milliy universiteti ham faol ishtirok etib, barqarorlikni rivojlantirishga o’zining munosib hissasini qo’shmoqda.

O’zMU Axborot xizmati