Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Rasmiy munosabat

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida doktoranturaga kirish imtihonlari natijalari bilan bog‘liq ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan postlarga javoban quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qaror bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomning 3-bobi 22-bandiga muvofiq, barcha yo‘nalishlar, jumladan, fizika-matematika va texnika fanlari bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga qabul qilish jarayonida mutaxassislik fani bo‘yicha milliy sertifikatga ega bo‘lgan talabgorlar mazkur mutaxassislik fani bo‘yicha imtihondan ozod etilishi va ularga mutaxassislik fani uchun maksimal ball berilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan, milliy sertifikatga ega bo‘lgan talabgorlarga qabul komissiyasi a’zolari tomonidan imtihon kuni imtihon boshlanishidan avval mutaxassislik fani bo‘yicha maksimal ball qo‘yilgan hamda imtihon kunining o‘zida barcha talabgorlarga imtihon natijalari e’lon qilingan.

O’zMU Axborot xizmati