Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

“RAXMATULIN O‘QISHLARI” nomli Xalqaro simpozium

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi M.T. O‘razboyev nomidagi Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi instituti

Professor N.E.Jukovskiy nomidagi Markaziy aerogidrodinamika instituti

M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti

IKKINCHI AXBOROT XATI

“RAXMATULIN O‘QISHLARI” nomli Xalqaro simpozium
2025-yil 23–25 oktabr, Toshkent shahri

HURMATLI HAMKASBLAR!

Sizlarni 2025-yil 23–25 oktabr kunlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida bo‘lib o‘tadigan “Raxmatulin o‘qishlari” nomli xalqaro simpoziumida ishtirok etishga taklif qilamiz.

Simpoziumning maqsadi: Deformatsiyalanadigan qattiq jism mexanikasi, suyuqlik va gaz mexanikasi, amaliy mexanika masalalarini keng doirada muhokama qilish, xorijiy va o‘zbek olimlari o‘rtasidagi uzluksiz ilmiy aloqalarni mustahkamlash, mexanika sohasida tadqiqot olib borayotgan olimlar o‘rtasida xalqaro miqyosda samarali hamkorlik va ilmiy g‘oyalar almashinuvini kuchaytirish, ilmiy tajribalar va natijalarni tahlil qilish. Yosh olimlarga mexanika sohasidagi zamonaviy tadqiqotlar holati bilan tanishish, tajriba va g‘oyalar almashish imkoniyatlarini yaratish.


Simpoziumning asosiy yo‘nalishlari:

  • Murakkab muhitlarda to‘lqinlarning tarqalishi;
  • Hisoblash mexanikasi va simulyatsion modellashtirish;
  • Elastik-plastik deformatsiya nazariyasi va qo‘llanilishi;
  • Kompozitlar mexanikasi;
  • Mexanik tizimlarda barqarorlik, boshqaruv va optimallashtirish muammolari.

Simpozium oflayn formatda bo‘lib o‘tadi. Devoriy va plenar ma’ruzalar (40 daqiqa) va seksion ma’ruzalar (15-20 daqiqa) shaklida taqdim etiladi. Hamkorlarni o‘zlarining ilmiy-texnik yutuqlarini namoyish etish uchun hamkorlikka taklif qilamiz.

O‘tkazilish joyi: 100174, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Universitet ko‘chasi, 4-uy, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.

Simpoziumning rasmiy tillari: o‘zbek tili, rus tili, ingliz tili.


Asosiy sanalar:

  • Simpoziumda ishtirok etish uchun bilan arizalarni qabul qilish: 2025 yil 20 iyuldan 20 avgustgacha.
  • Ma’ruzalar tezislarini topshirish: 2025-yil 21-avgustdan 1-sentabrgacha.
  • Simpoziumning ochilishi: 2025-yil 23-oktabr.
  • Texnik sayohat va simpoziumning yopilishi: 2025-yil 25-oktabr.

Ro‘yxatdan o‘tish tartibi:

Simpozium veb-saytida ro‘yxatdan o‘tishda ma’ruza nomi, muallif(lar)ning familiyasi va 500 dan 1000 gacha belgidan iborat annotatsiyani ko‘rsatish zarur.

Batafsil ma’lumotlarni simpozium saytidan olishingiz mumkin.


Aloqa ma’lumotlari:
Manzil: 100174, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Universitet ko‘chasi, 4-uy, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Telefon: (+99871) 246-49-30
Е-mail: rakhmatulin-readings@nuu.uz
Simpozium veb-sayti: rakhmatulin-readings.nuu.uz