Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Rektorga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi

Bugun, O‘zMUda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” Prezident Farmonining 1-bandida alohida ishlash talab etiladigan yoshlarni mas’ul rahbarlarga nomma-nom biriktirish amaliyotini joriy etish vazifasi ijrosini ta’minlash yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.

Unda O‘zMU rektori Inom Madjidovga Olmazor tumanidagi “Abu Bakr Shoshiy”, “Hazrati Imom”, “Ahil”, “Chamanbog‘” mahallalaridan biriktirilgan yoshlar ishtirok etdi.

Universitetning birinchi prorektori Jabbor Muhammadiyev mazkur yoshlar, ularning ota-onalari va yaqinlari bilan uchrashib, muammolari va takliflarini tingladi.

Uchrashuvda yoshlar bandligini ta’minlash, ularning kasb-hunar egallashi, oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinishi, xorijiy tillarni o‘rganishi hamda turli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq masalalar o‘rganilib, tahlil qilindi. Bir necha murojaatlar joyida hal etilib, tegishli tavsiyalar berildi.