O‘zbekiston Milliy universitetida O‘zbekiston rus so‘z yasalishi ilmiy maktabi doirasida “Rus so‘z yasalishining dolzarb muammolari – 2026” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Tadbir Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakulteti Rus tilshunosligi kafedrasi tomonidan tashkil etildi.
Anjuman Rossiya Federatsiyasining yetakchi oliy ta’lim muassasalari Nijniy Novgorod davlat lingvistika universiteti, Shimoliy (Arktika) federal universiteti hamda “Toshkentdagi Rus uyi” hamkorligida o’tkazildi
.
Yalpi majlisda O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Ispaniya, Chexiya va boshqa mamlakatlardan kelgan yetuk olim-filologlar, professor-o‘qituvchilar hamda O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Ma’ruzalarda rus so‘z yasalishining diaxronik va dialektik jarayonlari, zamonaviy so‘z yasashning o‘ziga xos jihatlari, xorijiy auditoriyada o‘qitish metodikasi, jumladan, sun’iy intellektdan foydalanish masalalari hamda badiiy adabiyotda ekspressiv so‘z yasalishi kabi dolzarb mavzular yoritildi.