Rus tili Rossiya-O’zbekiston muloqotning rivojlanish omili sifatida

Bugun, 29-noyabr kuni O’zbekiston Milliy universiteti, Tomsk Davlat universiteti va Sibir-Yevroosiyo ekspert klubi bilan hamkorlikda “Rus tili Rossiya-O’zbekiston muloqotning rivojlanish omili sifatida” xalqaro davra suhbati bo’lib o’tdi. Tadbirda O’zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va Chirchiq davlat pedagogika instituti rus tili va adabiyoti mutaxassislari ishtirok etdi.
Davra suhbati davomida Tomsk Davlat universitetining O’rta Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish bo’yicha rektor maslahatchisi S.M.Yun, Tomsk Davlat universitetining filologiya fakulteti dekani I.V.Tubalova va Tomsk Davlat universiteti dotsenti D.A.Olitskayalar bugungi kunda Rossiya va O’zbekistonda rus tilini o’qitish holati, rus tilini chet tili sifatida o’rganish, zamonaviy metodlari, O’zbekiston Milliy universiteti va Tomsk Davlat universiteti o’rtasida hamkorlikning yangi istiqbolli yo’nalishlari to’g’risida fikr almashildi. Shuningdek, ishtirokchi mutaxassislar tomonidan respublikamizda rus tilini o’qitishdagi holat, pedagoglarning kasbiy malakasi, yangi innovatsion metodlar, milliy darsliklar va multimedia mahsulotlar yaratish kabi masalalar muhokama qilindi.

O’zMU Axborot xizmati