Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

“Rus tilidagi so‘z yasalishining dolzarb muammolari” mavzusida an’anaviy xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi

Bugun, 18-yanvar kuni O‘zbekiston Milliy universitetida jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakulteti rus tilshunosligi kafedrasi tomonidan rus tilida so‘z yasalishining O‘zbekiston ilmiy maktabi doirasida “Rus tilidagi so‘z yasalishining dolzarb muammolari” mavzusida an’anaviy xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro anjuman tashkilotchisi va moderatori vazifasini f.f.d., rus tilshunosligi kafedrasi mudiri v.b. Alieva E.A.  bajardi. Xalqaro anjumanni O‘zMU ilmiy ishlar, fan va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Ergashov Y.S. ochib berdi. Anjumanning hammuassislari M.V.Lomonosov nomidagi Shimoliy Arktika Federal universiteti (Rossiya), va Otto Fridrix nomidagi Bamberg universiteti (Germaniya) hisoblanadi.

Anjuman ishida o’zlarining ma’ruzalari bilan Rossiya Federatsiyasi Fan va madaniyat markazi hamda O’zbekistondagi Rus madaniyat markazi vakillari hamda Chexiya, Germaniya, Qozog‘iston Rossiya va O‘zbekiston kabi davlatlardan taniqli olim va o‘qituvchilar ham ishtirok etdi.

Xalqaro konferensiya ishida so‘z yasalishining aspektlari diaxronik tarzda, hozirgi bosqichda lug‘at va badiiy matnlar materiallaridan foydalangan holda ko‘rib chiqildi. Anjuman mamlakatimiz va xorij olimlari o‘rtasidagi hamkorlikning yangi yo‘llarini belgilash imkonini berdi.

O’zMU Axborot xizmati