Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

San-Fransisko shahrida ISER tomonidan inson huquqlari bo‘yicha xalqaro anjuman o‘tkazildi

AQShning San-Fransisko shahrida muhim xalqaro tadbir — “Inson huquqlari va qadri-qimmati bo‘yicha xalqaro anjuman” bo‘lib o‘tdi. Mazkur onlayn konferensiya ISER — ya’ni, Injenerlar va tadqiqotchilarning xalqaro jamiyati tomonidan tashkil etildi. ISER bugungi kunda ta’lim, fan, texnologiya, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy-gumanitar sohalarda ilg‘or tadqiqotlar o‘tkazish hamda universitetlararo hamkorlikni rivojlantirishga faol hissa qo‘shayotgan nufuzli ilmiy jamiyatlardan biri hisoblanadi.

Anjumanda O‘zbekiston Milliy universiteti professori, Demokratiya jarayonlarini tahlil qilish markazi eksperti Usmonjon Butayev “So‘z, fikr, vijdon va din erkinligi — O‘zbekiston taraqqiyotining to‘rt ustuni” mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi.

Ma’ruzada mamlakatimizda so‘z va e’tiqod erkinligi yo‘nalishida olib borilayotgan davlat siyosati, amalga oshirilgan islohotlar, erishilgan yutuqlar hamda istiqboldagi strategik maqsadlar tahlil qilindi. Konseptual yondashuv asosida tayyorlangan chiqish anjuman ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. Bu esa O‘zbekistonning ochiq va demokratik jamiyat sari yo‘l tutganini yana bir bor tasdiqladi.

O‘zMU Axborot xizmati