Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Sumgait Davlat Universiteti delegatsiyasi O‘zMUda

🔴 Bugun, 26 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy universitetiga Ozarbayjon Respublikasining Sumgait davlat universiteti rektori professor Aminaga Sadiğov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Uchashuvni O‘zMU o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Shuhrat Toshmatov, xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova, shuningdek, iqtisod va xorijiy filologiya fakultet dekanlari ishtirok etdilar.

🔴 Uchrashuv davomida professor Aminaga Sadiğov O‘zMUning xalqaro ilmiy nufuzi, ta’lim va tadqiqot sohasidagi o‘rnini alohida e’tirof etdi va har ikki tomon o‘rtasida istiqbolli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Jumladan, ilmiy loyihalar bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar tashkil etish, professor-o‘qituvchilar, talabalar va magistrantlar uchun akademik mobillikni kengaytirish, ayniqsa, iqtisodiyot va xorijiy filologiya fakulteti ingliz tiliga ixtisoslashgan yo‘nalish va mutaxassislikda tahsil oladigan talabalarning mobilligini amalga oshirish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

🔴 Uchrashuv yakunida ikki universitet o‘rtasidagi rasmiy hamkorlikni o‘rnatish maqsadida o‘zaro anglashinuv memorandumi imzolandi.