I. Umumiy qoidalar
1.1. Mazkur nizom talaba va oʻquvchilar oʻrtasida “Kitobxon yoshlar ligasi”
onlayn kitobxonlik tanlovini (keyingi oʻrinlarda Tanlov deb yuritiladi) oʻtkazish
tartibini belgilaydi.
1.2. Ushbu Tanlov Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba
va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan har chorakda
(yanvar-mart, aprel-iyun, iyul-sentabr, oktabr-dekabr oylarida) bir marotaba tashkil
etiladi.
1.3. Tanlovda Respublikamizdagi barcha (davlat, xorijiy, xususiy) oliy taʼlim
muassasalarining bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olayotgan talabalar,
shuningdek, kasbiy taʼlim muassasalari va akademik litsey oʻquvchilari ishtirok etishi
mumkin.
II. Tanlovning maqsadi va vazifalari
2.1. Tanlovning asosiy maqsadi – talaba va oʻquvchilar oʻrtasida maʼnaviymaʼrifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, shuningdek, ularning darsdan
boʻsh vaqtini mazmunli tashkil qilish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va kitob
mutolaasini keng targʻib qilish, yoshlarni oʻz mustaqil fikriga ega, dunyoqarashi keng
qilib tarbiyalash va qoʻllab-quvvatlashdan iborat.
2.2. Tanlovning vazifasi – talaba va oʻquvchilarning kitob oʻqishga boʻlgan
qiziqishlarini yanada oshirish, ularning soʻz boyligini kengaytirish, ijtimoiy faolligi
va millat taqdiriga daxldorligini oshirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;
oʻzbek ijodkorlari tomonidan yaratilgan hamda jahon bestseller asarlari bilan
talaba va oʻquvchilarni yaqindan tanishtirib borish, ularda kitobni mutolaa qilish, tahlil
qilib, mustaqil fikr bildirishga oid koʻnikma va malakalarini shakllantirish;
kitobning yosh avlodni har tomonlama yetuk, yuksak maʼnaviyatli, intellektual
salohiyatli, ota-onasiga, Vataniga sadoqatli vatanparvar insonlar qilib tarbiyalashdagi
ahamiyati toʻgʻrisida talaba-yoshlarning tasavvurlarini yanada boyitishdan iborat.
III. Tanlovni oʻtkazish tartibi
3.1. Tanlovni har chorakda qaysi muddatlarda tashkil etilishi Tashkiliy ishchi
guruh tomonidan belgilanadi hamda tanlov eʼlonida va tanlov oʻtkaziladigan Telegram
botda ham koʻrsatiladi.
2
3.2. Tanlov 2 bosqichda tashkil etiladi:
1-bosqich – saralash, onlayn formatda tashkil etiladi;
2-bosqich – final, har bir hududdagi yetakchi oliy taʼlim muassasasida
markazlashgan formatda videokonferensiya orqali tashkil etiladi.
3.3. Mazkur tanlov yakka tartibdagi musobaqa boʻlib, unda qatnashish uchun
ishtirokchilar tanlov eʼlonida koʻrsatilgan Telegram bot orqali belgilangan tartibda
roʻyxatdan oʻtishlari va bot taqdim qiladigan maxsus havolani doʻstlariga ulashish
orqali tanlov targʻibotida qatnashib, kamida +5 referal ball yigʻishlari kerak boʻladi.
3.4. Ishtirokchilarga har bir taklif qilgan doʻsti uchun 1 referal ball beriladi.
Mazkur shartlarni toʻliq bajargan ishtirokchilar tanlovning saralash bosqichida ishtirok
etish imkoniga ega boʻladi;
3.5. Tanlovda ishtirokchilarga, oldindan 2 ta (yoki 3 ta kichikroq hajmdagi)
kitoblar oʻqish uchun vazifa qilib beriladi. Kitoblarni oʻqish uchun tanlov eʼlon
qilingan kundan boshlab 15 kun vaqt belgilanadi. Belgilangan vaqt yakunlangach,
vazifa qilib berilgan kitoblar asosida, 3 kun davomida har kuni 50 tadan (jami 150 ta)
testlar Telegram bot orqali berib boriladi.
3.6. Har bir test savoli uchun 1 daqiqa vaqt beriladi va ishtirokchi bu vaqt ichida
biror javobni belgilamasa, savolga javob berilmadi deb hisoblanadi.
3.7. Yakunda test natijalariga koʻra eng koʻp ball toʻplagan 120 nafar ishtirokchi,
shuningdek, tanlov targʻibotida faol ishtirok etib, eng koʻp referal ball toʻplagan
30 nafar ishtirokchi tanlovning final bosqichi yoʻllanmasiga ega boʻladi.
3.8. Yakunda test boʻyicha 120-oʻrindagi ishtirokchi bilan teng ball jamgʻargan
barcha ishtirokchilar final yoʻllanmasiga ega boʻladi.
3.9. Yakunda referal ball boʻyicha 30-oʻrindagi ishtirokchi bilan teng referal ball
jamgʻargan barcha ishtirokchilar final yoʻllanmasiga ega boʻladi.
3.10. Referal ball boʻyicha finalga yoʻllanma oladigan ishtirokchilarning
natijalari test savollarini ishlashning birinchi kuni soat 20:00 dagi holat boʻyicha
inobatga olinadi.
3.11. Tanlov davomida ishtirokchining ikki yoki undan koʻp akkountlardan
ishtirok etayotganligi aniqlansa, tanlovdan chetlatiladi va natijasi bekor qilinadi.
IV. Tanlovning final bosqichini oʻtkazish tartibi
4.1. Finalda Toshkent shahridagi ishtirokchilar Talaba va oʻquvchilarning
ijtimoiy faolligini oshirish markazi binosiga, viloyatdagi ishtirokchilar esa hududdagi
yetakchi oliy taʼlim muassasasiga tashrif buyuradilar.
4.2. Ishtirokchilar tanlovga roʻyxatdan oʻtayotganda istiqomat qilayotgan
hududini belgilaydilar va final bosqichida aynan oʻsha hududdagi belgilangan
manzilga pasport yoki ID kartasi bilan borib, final bosqichi testini ishlashi kerak
boʻladi.
3
4.3. Ishtirokchilarga final bosqichining oʻtkazilish vaqti va har bir viloyatdagi
manzil lokatsiyasi test boshlanishidan kamida 2 kun oldin maʼlum qilinadi.
4.4. Belgilangan vaqtda belgilangan manzilga kelmagan yoki kechikib kelgan
ishtirokchilar final bosqichida ishtirok etmadi deb hisoblanadi va natijalari bekor
qilinadi.
4.5. Final bosqichida saralash bosqichdagi toʻplangan ballar oʻz ahamiyatini
yoʻqotadi va ishtirokchilarning har biri teng imkoniyatga ega boʻladi.
4.6. Finalda ishtirokchilar masʼul kuzatuvchi nazorati ostida oʻz telefonlari
orqali xuddi saralash bosqichida boʻlgani kabi tanlov eʼlonida vazifa qilib berilgan
kitoblar boʻyicha tuzilgan jami 50 ta test savollarini ishlaydilar va har bir testga javob
berish uchun 40 soniyadan vaqt belgilanadi.
4.7. Tanlovning yakuniy natijalari final bosqichi yakunlanishi bilanoq
ishtirokchilarga maʼlum qilinadi.
4.8. Yakunda test natijalariga koʻra final bosqichi gʻoliblari aniqlanadi. Test
boʻyicha ishtirokchilarning ballari teng boʻlib qolgan taqdirda, gʻolib aniqlangunga
qadar qoʻshimcha savollar beriladi.
4.9. Qoʻshimcha savollar vazifa qilib berilgan kitoblar hamda kitob mualliflari
haqida boʻlishi mumkin.
V. Apellyatsiya berish tartibi
5.1. Ishtirokchilar tanlovning final bosqichi boʻyicha natijalar eʼlon qilingach,
1 soat muddat ichida savollar yuzasidan apellyatsiya berish huquqiga ega. Belgilangan
muddat yakunlangach, eʼtiroz va shikoyatlar qabul qilinmaydi.
5.2. Apellyatsiya berish uchun ishtirokchi Tashkiliy ishchi guruhga ariza bilan
murojaat qiladi. Arizada apellyatsiya berilayotgan savolning qisqacha mazmuni
yoki tartib raqami koʻrsatilishi shart.
5.3. Agar ishtirokchining apellyatsiya shikoyati oʻrinli deb topilsa, arizada
koʻrsatilgan savol uchun ishtirokchiga qoʻshimcha ball qoʻshilishi mumkin.
5.4. Tashkiliy ishchi guruh berilgan apellyatsiya arizasining yakuniy natijasi
boʻyicha barcha ishtirokchilarning oldida izoh berish majburiyatini oladi.
5.5. Tanlovning final bosqichida ishtirok etmagan, uchinchi shaxslar tomonidan
apellyatsiya shikoyatlari qabul qilinmaydi.
VI. Tanlovning “Eng faol tanlov targʻibotchisi” nominatsiyasi
gʻoliblarini aniqlash tartibi
6.1. Tanlov eʼlon qilingan kundan boshlab, test savollarini ishlashning 1-kuni
soat 20:00 gacha boʻlgan muddatda tanlov targʻibotida faol ishtirok etib, eng yuqori
referal ball toʻplagan 6 nafar ishtirokchi tanlovning “Eng faol targʻibotchi”
nominatsiyasi gʻolibi deb topiladi.
4
6.2. Yakunda “Eng faol targʻibotchi” nominatsiyasi gʻoliblarining referal ballari
teng boʻlib qolgan taqdirda, ularning test boʻyicha toʻplagan ballariga qaraladi. Kim
test savollaridan koʻproq ball toʻplagan boʻlsa, yuqori oʻrinda deb hisoblanadi.
VII. Tanlov gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash
7.1. Tanlovda yuqori oʻrinlarni egallagan ishtirokchilar Oliy taʼlim, fan
va innovatsiyalar vazirligi tomonidan quyidagi tartibda taqdirlanadi:
1-oʻrin 1 nafar – Noutbuk (core i5) va I darajali diplom;
2-oʻrin 2 nafar – Smart televizor (43 dyumm) va II darajali diplom;
3-oʻrin 3 nafar – Planshet (6/128) va III darajali diplom;
4-oʻrin 4 nafar – Smartfon (6/128) va faxriy yorliq;
5-oʻrin 5 nafar – Smartfon (4/64) va faxriy yorliq.
6.2. “Eng faol targʻibotchi” nominatsiyasi gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:
1-oʻrin 1 nafar – Planshet (6/128) va I darajali diplom;
2-oʻrin 2 nafar – Smartfon (6/128) va II darajali diplom;
3-oʻrin 3 nafar – Smartfon (4/64) va III darajali diplom.
7.3. Tanlovning saralash bosqichida test hamda final bosqichida ishtirok etib,
yuqori oʻrinlarni egallay olmagan ishlagan barcha ishtirokchilar natijasidan qatʼiy
nazar Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan
elektron sertifikat bilan taqdirlanadi.
7.4. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazishda hamkor boʻlgan tegishli vazirlik, idora
va tashkilotlar oʻz hisoblaridan tanlov gʻoliblarini qoʻshimcha ravishda moddiy
ragʻbatlantirishlari mumkin.
7.5. Tanlovni yuqori saviyada tashkil etgan tashkilotchi (Respublika
Tashkiliy ishchi guruhi) mas’ul xodimlari asosiy ish joyidan mehnatga haq
to‘lashning 10 barobari miqdorigacha rag‘batlantiriladi.
7.6. Tanlovning bir mavsumida gʻolib va sovrindor boʻlgan 21 nafar
ishtirokchilar tanlovning keyingi mavsumida ishtirok etishi mumkin emas. Ular faqat
navbatdagi mavsum oʻtib boʻlganidan soʻng tanlovda qayta ishtirok eta oladi.
VII. Yakuniy qoidalar
8.1. Tanlov Tashkiliy ishchi guruhi ishtirokchilarning talab va takliflarini
inobatga olgan holda “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn kitobxonlik tanlovining
nizomiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish vakolatiga ega.
8.2. Tanlov davomida nizomda koʻrsatilmagan fors-major holatlar yuzaga kelsa,
Tashkiliy ishchi guruh tomonidan yakuniy qaror qabul qilinadi.