Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

“TalabaExpo–2025” Namanganda: 11 ming nafarga yaqin bitiruvchini jamlagan yirik ko‘rgazma boshlandi

Namangan shahrida bitiruvchi yoshlar uchun tashkil etilgan “TalabaExpo–2025” kasb ko‘rgazmasi bugun o‘z ishini boshladi.

“Barkamol avlod” sport majmuasida bo‘lib o‘tayotgan ko‘rgazmada Namangan viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarining 10 867 nafar bitiruvchi talabalari qatnashmoqda.

Tadbir doirasida ishtirokchilarga 240 dan ortiq korxona va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan 1500 dan ziyod bo‘sh ish o‘rni, startap va innovatsion loyihalar, kredit dasturlari, moliyaviy maslahatlar, kasbga yo‘naltiruvchi seminar-treninglar, ish beruvchi tashkilotlar va institutlar taqdimotlari taklif etilmoqda.

Mazkur tadbirda Namangan viloyatida doimiy yashovchi O’zbekiston Milliy universiteti bitiruvchi talabalari ham ishtirok etishmoqda.