Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Talabalardan olinadigan yakuniy nazoratlarning yangicha tartibi belgilandi

Universitet Kengashining 2024-yil 31-oktyabrdagi 3-sonli yig‘ilish qarori bilan quyidagilar belgilandi:

  1. 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab, universitetga 1-kursga qabul qilingan kunduzgi ta’lim shakli (boshqa ta’lim shakllari uchun zaruratdan kelib chiqib) talabalari uchun yakuniy nazoratlar quyidagi tartibda:

fakultetlararo o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha yakuniy nazoratlar test shaklida;

fakultetlararo o‘qitiladigan fanlardan boshqa fanlar bo‘yicha yakuniy nazoratlar yozma shaklda (shifrlash orqali) amalga oshiriladi.

 

  1. Yakuniy nazoratlar o‘tkazilishining shaffofligi hamda ularning natijalari baholanishining obyektivligi va adolatliligini ta’minlash maqsadida:

yakuniy nazoratlar O‘quv-uslubiy boshqarma tomonidan tashkil etiladi;

yakuniy nazoratlarni belgilangan tartibda shifrlanishi Registrator ofisi tomonidan amalga oshiriladi.

 

  1. Nazorat natijalari bo‘yicha baholar tegishli professor-o‘qituvchilar tomonidan yakuniy nazorat o‘tkazilgan keyin 3 kun muddatda HEMIS axborot tizimiga kiritiladi (HEMIS axborot tizimida testlar olingan holatlar bundan mustasno).

 

O‘zMU Axborot xizmati