O‘zbekiston Milliy universitetining Iqtisodiyot hamda Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakultetlarida 2024/2025 o‘quv yilining 1-kurs talabalari uchun “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan seminarlar tashkil etildi.
Unda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Shuhrat Toshmatov, Registrator ofisi rahbar xodimlari, fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdi.
Seminarlarda prorektor tomonidan talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi hamda asosiy qoidalari misollar bilan tushuntirib o‘tildi. Shuningdek, to‘liq va to‘liq bo‘lmagan ta’lim grantlari, qo‘shimcha davlat granti va oliy ta’lim tashkiloti grantlari mazmuni, komissiyalar faoliyati, talabalar tomonidan ro‘yxatdan o‘tish tartibi va muddatlari bo‘yicha batafsil izoh berildi.Registrator ofisi rahbari Jasur Karimov tomonidan talabalarga qayta o‘zlashtirish uchun to‘lovlarni amalga oshirish va qayta o‘zlashtirishlarni tashkil etish tartibi va muddatlari haqida axborot berib o‘tildi.
Tashkil etilgan seminarlarda talabalar grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi hamda ta’lim jarayoniga doir boshqa masalalar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
O‘zMU Axborot xizmati