Mazkur yilning 4-fevral sanasida O‘zbekiston Milliy universitetida tahsil olayotgan talabalar bilan Harbiy tayyorgarlik markazi rahbariyati ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Ushbu uchrashuv oliy ta’lim muassasalari talabalarini Harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalarida o‘qitish uchun saralash tanlovini o‘tkazish tartibi masalasiga bag‘ishlandi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Harbiy kadrlarni tayyorlash boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Ulug‘bek Mamadaliyev, Mudofaa vazirligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Po‘lat Nosirov hamda Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi rahbariyati ishtirok etdi.
Talabalarga rezervdagi va zaxiradagi ofiserlarni tayyorlash dasturlari bo‘yicha o‘qitish uchun saralash tanlovini o‘tkazish tartibi bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.
Ma’lumot o‘rnida, OTMning kunduzgi bo‘limida tahsil olayotgan 27 yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga yaroqli talabalar saralash tanlovidan o‘tganidan so‘ng harbiy tayyorgarlikka jalb etiladi.
O‘zMU Axborot xizmati