‼️Onlayn ro‘yxatdan o‘tish joriy yilning 10-avgustgacha (shu kuni ham) uzaytirildi!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaroriga asosan davlat grantlarini qayta taqsimlash tartibi belgilangan.
🎓 Ta’lim granti tanlovida 2024/2025 o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan birinchi kurs talabalari ishtirok etishi mumkin.
Ta’lim grantiga talabgorlar https://grant.nuu.uz/ elektron platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan holda ariza topshirishlari lozim.
🗺Ta’lim grantiga talabgorlardan joriy o‘quv yilida o‘zlashtirish bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 3,50 va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi.
❌ Ro‘yxatdan o‘tmagan yoki 10-avgustdan keyin murojaat qilgan talabalar ta’lim granti tanlovida ishtirok eta olmaydi.
💬 Savollar yoki ro‘yxatdan o‘tishda muammolar bo‘lsa Registrator ofisiga murojaat qilishingiz mumkin.
Manzil: (Avvalgi) O’zbek filologiyasi fakulteti binosi, 1-qavat.
Tel.: 71 246 54 64