Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Taraqqiyot sari qizlar bilan” shiori ostida anjuman o‘tkazildi

11-oktabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Milliy universitetida “Taraqqiyot sari qizlar bilan” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy anjuman tashkil etildi.

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi maslahatchisi Dilbar G‘ulomova, Toshkent davlat tibbiyot universiteti dotsenti, tibbiyot fanlari nomzodi Lalixon Abduqodirova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoira Zulfiya Mo’minova hamda O‘zbekiston Milliy universiteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi Ra’no Rustamova ishtirok etib, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Tadbir davomida qizlarning ta’lim olishi, kasbiy rivoji va jamiyat hayotidagi faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Turli yo‘nalishlarda faol bo‘lgan ayollar, mutaxassislar va yoshlar ishtirokida o’tkan muloqotda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy hayotdagi o‘rnini mustahkamlash hamda teng imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama etildi.

O’zMU Axborot xizmati