Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Tarix fakultetida xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, xalqaro reytingdagi natijalarni yuqori bosqichga ko‘tarish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi

Bugun Tarix fakultetida dekan Alisher Mo’minov, dekan o‘rinbosari Otabek Mo‘minov boshchiligida kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda 2024-yilda universitetning xalqaro reytingdagi nufuzini oshirishga munosib hissa qo‘shish, xorijiy professor-o‘qituvchilarni o‘quv jarayonlariga jalb qilish, akademik mobillikni rivojlantirish hamda 2024-yilda bo‘lib o‘tadigan QS World University Rankings by Subject reytingida qadimga tarix va arxeologiya sohalari bo’yicha O’zMUning top-100 universitetlar qatoridan o‘rin egallashini ta’minlash kabi masalalar muhokama qilindi, shuningdek, fakultet jamoasiga 2024-yilda xorijiy hamkorlar bilan yanada samarali ishlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.