05.11.1961 yilda to‘g‘ilgan.Geografiya fanlari doktori. Professor. 1984 yil Toshkent davlat universiteti (hozirda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti) fizika fakultetini “Atmosfera fizikasi” mutaxassisligi bo‘yicha tugallagan. 1999-2006 yillarda “Atmosfera fizikasi” va 2021-2022 yillarda “Meteorologiya va iqlimshunoslik” kafedrasi mudiri. 1995 yilda nomzodlik, 2019 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 130 dan ortiq ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlari e’lon qilingan. “Iqlimshunoslik”, “Sinoptik va kosmik meteorologiya”, “Atmosfera fizikasi”, “Bulut fizikasi”, “Masofaviy zondlash usullari” kabi bir qator darsliklar hammuallifi. 2 ta darslik, 7 ta o‘quv qo‘llanma, 4 ta uslubiy qo‘llanma hamda jurnallarda chop etilgan.