Erlapasov Narzikul Baxramovich – 1988 yilda Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan. Alisher Navoiy nomidagi SamDUda Gidrometeorologiya yo‘nalishini (2012), Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU Quruqlik gidrologiyasi kafedrasi magistraturasini tamomlagan (2014), 2020-2022 yillarda mazkur kafedra tayanch doktoranti.
U “Tog‘ daryolarining yer osti suvlari hisobiga to‘yinishi xususiyatlari” mavzuidagi dissertatsiyani muddatida himoya qilgan (2022 yil) va shu yili geografiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga, 2024 yilda esa “Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo” ixtisosligi bo’yicha “dotsent” ilmiy unvoniga tasdiqlangan.
Hozirda N.B.Erlapasov O‘zMU Fizika fakulteti Gidrometeorologiya bo’limi “Quruqlik gidrologiyasi va meteorologiya” kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat olib bormoqda.
U “Global iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha eng yaxshi g‘oya – 2012” tanlovi g‘olibi.
N.B.Erlapasovning 90 dan ortiq ilmiy ishlari, shundan 30 ga yaqini davriy, 5 tasi xorijiy ilmiy jurnallarda chop etilgan. U 4 ta monografiya va 5 ta o‘quv qo‘llanmaning hammuallifidir.
U 1 ta fundamental, 2 ta amaliy loyihalar ishtirokchisi.
Dots. N.B.Erlapasov rahbarligida 17 nafar bakalavrlarning bitiruv malakaviy ishlari, 1 ta magistrlik dissertasiyasi muvaffaqiyatli himoya qilingan.
O‘zR OAK ro‘yxatidagi “O‘zbekiston Geografiya jamiyati axboroti” jurnalining tahrir hay’ati a’zosi.