Bosh bino manzili:
100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy
Ishonch telefoni:
Hozirgi vaqtda kafedra mudiri fizika-matematika fanlari doktori (DSc), Matyakubov Alisher Samandarovich. Matyakubov Alisher Samandarovich 1978 yilda tug‘ilgan. 1994 yili Toshkent davlat universiteti Mexanika-matematika fakultetiga o‘qishga kirib, 1999 yili tugallagan.
1999-2000 yillarda Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi litsey o‘qituvchisi, 2000-2010 yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti Informatika va tadbiqiy dasturlash kafedrasi aspiranti, assistent, 2013-2014 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi bosh inspektori, 2014-2015 yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti Informatika va tatbiqiy dasturlash kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchisi, 2015-2017 yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti doktoranti, 2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi bosh inspektori, 2021 yildan hozirgacha shu kafedrada faoliyat olib bormoqda. Professor Aripov Mersaid ilmiy maslahatchiligida 2020-yilda esa “Pаrаbolik tipdаgi nodivergent nochiziqli sistemаlаr bilаn ifodаlаnuvchi jаrаyonlаrni sonli modellаshtirish” mavzusida doktorlik (DSc) dissertasiyasini 05.01.07-Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui ixtisosligi bo‘yicha himoya qilgan. Matyakubov Alisher Samandarovichning ilmiy izlanishlari natijasi o‘laroq 100 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop etgan, 2 ta monografiya va 4 ta o‘quv qo‘llanma muallifi.
Dotsent
Fan doktori, DSc
Amaliy matematika va kompyuter tahlili