A.A.Nasirov 1984 yilda Toshkent Davlat universitetining (hozirda O‘zbekiston Milliy universiteti) fizika fakultetini tamomlagan, ixtisosligi: “fizik. o‘qituvchi”, mutaxassisligi: “yarimo‘tkazgichlar va dielektriklar fizikasi”, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
1984-1986 yy. – Toshkent davlat universiteti xo‘jalik shartnomasi muhandisi, 1986-1990 yy. – Toshkent davlat universiteti xo‘jalik shartnomasi kichik ilmiy xodimi, 1990-1992 yy. – Toshkent davlat universiteti “Yarimo‘tkazgichlar va dielektriklar fizikasi” kafedrasi assistenti, 1992-1995 yy. – Toshkent davlat universiteti doktoranti, 1996-2011 yy. – Toshkent davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti) “Yarimo‘tkazgichlar va dielektriklar fizikasi” kafedrasi dotsenti, 2011-2012 yy. – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti “Kondensirlangan muhitlar fizikasi” kafedrasi dotsenti, 2012 -2017 yy. – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining “Yarimo‘tkazgichlar va polimerlar fizikasi” kafedrasi dotsenti, 2017 -2019 yy. – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining “Yarimo‘tkazgichlar va polimerlar fizikasi” kafedrasi mudiri, 2019-2022 yy– Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining “Yarimo‘tkazgichlar va polimerlar fizikasi” kafedrasi dotsenti, 2022-h.v. – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining “Yarimo‘tkazgichlar va polimerlar fizikasi” kafedrasiga mudirlik qilib kelmoqda.
1991 yilda Toshkent Davlat universiteti qoshidagi Ixtisoslashgan Kengashda « Исследование влияния ионизирующего излучения и давления на параметры структур металл-диэлектрик-полупроводник» mavzudagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.
2011-2012 yillarda Erasmus Mundus MANECA halqaro dasturning g‘olibi sifatida Germaniyada Berlin texnika universitida professor Klaus Bris rahbarligida stajirovkani o‘tadi.
A.A.Nasirov Yarimo‘tkazgichlar fizikasi asoslari, Yarimo‘tkazgichlar fizikasi, Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishning nazariy asoslari kabi fanlardan ma’ruza o‘qiydi.
A.A.Nasirov yarimo‘tkazgich-dielektrik bo‘linish chegarasidagi fizik jarayonlar, ko‘p qatlamli yarimo‘tkazgich strukturalar fizikasi, yarimo‘tkazgichlarda sirtiy hodisalar, yarimo‘tkazgich strukturalarning parametrlarini o‘lchash usulllari kabi ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib boradi. U 150 dan ortiq ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlar muallifi. Shu jumladan 1 ta monografiya va 3 o‘quv va o‘quv uslubiy qo‘llanmalar.
A.A.Nasirov 50 dan ortiq Xalqaro va Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlar ishtirokchisi. U xozirda ilmiy-pedagogik ishlarida faol qatnashib kelmoqda. Uning shogirdlari qatorida Respublika fan olimpiadasi g‘olibi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sovrindori ham bor. A.A.Nasirov 2 ta fan nomzodi tayyorladi.
A.A.Nasirov muntazam ravishda xo‘jalik shartnomasi, respublika ilmiy grantlari rahbari va ishtirokchisi sifatida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. U qator xalqaro va Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlar hamtashkilotchisi. Bugungi kunda A.A.Nasirov Germaniya va Rossiya ilmiy markazlari bilan xalqaro ilmiy hamkorlikda faol qatnashib kelmoqda.
A.A.Nasirovning o‘quv jarayoni sifatini oshirishga, talabalarning mustaqil ishini tashkillash va ularni tarbiyalashga mas’uliyat bilan yondoshadi. Yangi pedagogik texnologiyalar va o‘qitishning zamonaviy usullaridan foydalangan holda bakalavriatura va magistraturada ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazadi, maxsus kurslarni yuqori ilmiy-uslubiy saviyada olib boradi.