Normatov Ibroximali Xolmamatovich, 1969 yil 20 sentyabrda Namangan viloyatining Chust tumani Olmos qishlog‘ida tug‘ilgan, millati o‘zbek.
Normatov Ibroximali Xolmamatovich 1992-yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) Matematika fakultetini tamomlagan.
Normatov Ibroximali Xolmamatovich fizika-matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun “Kvadratik stoxastik operatorlarning klassifikatsiyasi va ularga mos kvadratik stoxastik jarayonlar” mavzusida dissertasiyasini Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi D 067.02.03 raqamli ilmiy kengashda 01.01.01 – matematik analiz ixtisosligi bo‘yicha fizika-matematika fanlari bo‘yicha fan nomzodi dissertasiyasini himoya qilgan va Respublika Oliy attestasiya komissiyasi 2006 yilning 25 maydagi 125/1- qaroriga muvofiq fizika-matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasi berilgan (diplom 01№009355). Shuningdek, Respublika Oliy attestasiya komissiyasi 2019 yilning 28 fevraldagi 262/1 – qaroriga muvofiq “Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash” (fizika-matematika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha katta ilmiy xodim unvoni berilgan (diplom 02№002569). Fizika-matematika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun “Funksional jadvallar algebrasi asosida murakkab tizimlarni boshqarishning algoritmik modellari” mavzusida dissertasiyasini Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.FМ.01.02 raqamli ilmiy kengashda 05.01.02 – Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash (fizika-matematika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha fizika-matematika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasini himoya qilgan va Respublika Oliy attestasiya komissiyasi 2020 yilning 31 dekabrdagi 290/1 – qaroriga muvofiq fizika-matematika fanlari doktori ilmiy darajasi berilgan (diplom 04№006338).
4. Umumiy ish staji: 34 yil, shu jumladan, ilmiy va pedagogik ish staji 32 yil.
1986-1988 yillar Toshkent davlat universiteti (hozirda O‘zMU) talabasi, 1988-1989 yillar – Leningrad xarbiy okurgida (hozirda Sankt-Peterburg) xarbiy xizmatchi, 1989-1992 yillar Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) talabasi, 1992-1995 yillar Namangan davlat universiteti o‘qituvchisi, 1995-1996 yillarda – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti stajyor-tadqiqotchi, 1996-1999 yillarda – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti aspiranti, 1999-2001 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Kibernetika ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi Kibernetika instituti “Algoritmlashtirish” 121-laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi, 2001-2007 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zamonaviy informatsion texnologiyalar ilmiy-texnikaviy markazi Informatika instituti katta ilmiy xodimi, 2007-2012 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Matematika va informatsion texnologiyalar instituti katta ilmiy xodimi, 2012-2020 yillarda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari Ilmiy-innovatsion markazi laboratoriya mudiri, 2020-2021 yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti Axborot xavfsizligi kafedrasi dotsenti, 2021-2024 yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti Axborot xavfsizligi kafedrasi professor vazifasini bajaruvchi, 2024-2025 yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti Axborot xavfsizligi kafedrasi dotsenti, 2025 yildan hozirgi vaqtgacha Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti Axborot xavfsizligi kafedrasi professor vazifasini bajaruvchi bo‘lib faoliyat olib bormoqda.