Mehnat faoliyati

NURITDINOV Salaxutdin Nasritdinovich – 28.11.1948 yil Toshkent shaxrida tug‘ilgan. 1971 yili Rossiyaning Leningrad davlat Universitetini tomomlagan. 1971-1972 yillarda. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Astronomiya instituti  katta laboranti, stajer-tadqiqotchisi. 1972-1975 yillarda. Leningrad davlat universiteti Astronomiya observatoriyasi aspiranti. 1975-1981 yillarda. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi astronomiya instituti ilmiy xodimi. 1981-1987 yillarda. Toshkent davlat universiteti Fizika fakulteti katta o‘qituvchisi, dotsenti. 1987-1993 yillarda Toshkent davlat Universiteti “Astronomiya” kafedrasi mudiri. 1993-1996 yillarda. Toshkent davlat universiteti qoshidagi Oliy pedagogika instituti direktor o‘rinbosari. 1996-2007 yillarda. Toshkent davlat Universiteti (hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti) “Astronomiya” kafedrasi mudiri. 2001-2010 yillarda. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti  Laboratoriyasining o‘rindosh  mudiri. 2010-2012 yillarda. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti “Astronomiya va astrofizika” kafedrasi mudiri. 2012-2013 yillarda. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti “Astronomiya va atmosfera fizikasi” kafedrasi mudiri. 2013-2017 yillarda shu kafedra professori va 2017-2021 yillarda kafedra mudiri. 2016 yili Fizika fakultetida “Astrofizik tadqiqotlar” ilmiy Laboratoriyasini tashkil etgan. 2021-2024 “Astronomiya va astrofizika kafedrasi professori. 2025 yildan to bugunga qadar “Yadro fizikasi va Astronomiya” kafedrasi professori. S.N. Nuritdinov tomonidan 4 ta monografiya, 2 ta darslik, 6 ta o‘quv qo‘llanma, qator uslubiy qo‘llanmalar, 250 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr qilingan. Domla shuningdek 10 dan ortiq fundamental, 2 ta Xalqaro va 2 ta Amaliy Grantlar rahbari. S.N. Nuritdinov ilmiy rahbar sifatida 20 dan ortiq falsafa doktori (PhD), 10 ga yaqin fan doktori (DrSci) tayyorlagan.

Uslubiy nashrlar

Avtoreferat

Ilmiy nashrlar

Sertifikatlar

Videodarslar

Loyihalar