Bosh bino manzili:
100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy
Ishonch telefoni:
Hozirgi vaqtda kafedra mudiri dotsent, PhD Qo‘ziyev Sherali Nasrulloyevich. Qo‘ziyev Sherali Nasrulloyevich 1987 yilda tug‘ilgan. 2005 yili Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti Biologiya fakultetiga o‘qishga kirib, 2009 yili tugallagan. 2009 yili Biologiya fakultetining “Biokimyo” kafedrasiga magistratura mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishga kirib, 2011 yili o‘qishni tugallagan. 2011 yildan hozirgacha shu kafedrada faoliyat olib bormoqda. 2020 yil Sh.N.Qo‘ziyev «Kalamush mitoxondriyalarining funksional holatini yoshga oid o‘zgarishlari va ularga o‘simlik tabiatli preparatlarning ta’siri» mavzusidagi falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini 03.00.01 – Biokimyo (biologiya fanlari) ixtisosligi bo‘yicha himoya qilgan. Ilmiy faoliyati davomida Qo‘ziyev Sherali Nasrulloyevich rahbarligida 15 dan ortiq malakaviy bitiruv ishi bajarilgan. Qo‘ziyev Sherali Nasrulloyevichning ilmiy izlanishlari natijasi o‘laroq 35 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan respublikaning nufuzli jurnallarida 15 ta ilmiy maqola chop etilgan, xalqaro va respublika ilmiy anjumanlarida 15 dan ortiq tezis va maqolalar chop etilgan.