Mehnat faoliyati

Xolbayev Isobek – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU Yadro fizikasi va astronomiya  kafedrasi professori. U 1950 yilda Samarqand viloyati Payariq tumanining Moylitepa qishlog‘ida tug‘ilgan. 1966 yili o’rta maktabni oltin medal bilan bitirgan, Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti Yadro fizikasi kafedrasini 1971 yili imtiyozli tugallagan, 1977 yili Birlashgan yadro tadqiqotlari institutida nomzodlik (Dubna), 2010 yili O‘zR FA Yadro fizikasi institutida fizika va matematika fanlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan, 2018 yili professor unvonini olgan. 2 ta monografiya, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 2 ta avtorlik guvohnomasi, 150 dan ziyod ilmiy maqolalar muallifi. “Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi” respublika tanlovida uchinchi (2014) o‘rinni egallagan. Uning ilmiy rahbarligida 4 ta fan nomzodi va 20 dan ortiq magistrlik dissertatsiyalari himoya qilingan.

I.Xolbayev eksperimental yadro fizikasi va yuqori temperaturali o‘tao‘tkazgichlar fizikasi sohasidagi ilmiy ishlari bilan tanilgan olim. U 5 ta fundamental, 3 amaliy va 4 ta xalqaro loyihalarga rahbarlik qilgan. Uning tashabbusi va NATO ilmiy qomitasisining homiyligida 2002 yili Toshkentda o‘tkazilgan seminar-maktab materiallari “Low Tempurature Physics” jurnalining butun sonida chop qilingan va jurnal uning rahbarligida O’zMU Amaliy fizika ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan ish bilan boshlangan. I.Xolbayev masulligi va Ukraina ilmiy-texnika Markazi homiyligida O‘zMUda Markaziy Osiyada yagona bo‘lgan elektrostatik tezlatgichi 2004 yili ishga tushirilib, unda quyi energiyali yadro fizikasi yonalishlari bo‘yicha tadqiqotlar o‘tqazilib kelinmoqda. I. Xolbayev koordinator bolgan Xalqaro atom energiyasi qomitasining 2014-2024 yillari bajarilgan “O‘zMU va SamDU da yadro fizikasi fanini o‘qitish samarorligini oshirish va yadro texnologiyalaridan tinch maqsadlarda foydalanish” mavzularida bajarilgan loyihalar mablag‘laridan (200,0 ming AQSh dollari) ikkita “Radioekologiya va Dozimetriya” va “Yadro elektronikasi” o‘quv laboratoriyalari yaratildi.

I.Xolbayev Obninsk shahrida (Rossiya) davriy tarzda o’tkaziladigan “Elektrostatik tezlatgichlar va ularning qo’llanishlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya tashkiliy qomitasi a’zosi, Moskva shahrida (2019) Rosatom tomonidan MDH mamlakatlarida atom energiyasini rivojlantirishga bag’ishlangan tayanch tashkilotlar vakillari ishchi guruhining qatnashchisi, O’zR FA Yadri fizikasi instituti (2012-2013) huzuridagi doktorlik DSc dissertatsiyalari himoyasi bo’yicha ilmiy kengash a’zosi va O’zR OAK huzuridagi Fizika yonalishi bo’yicha ekspert kengashi a’zosi (2014-2026) sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

I.Xolbayev 2018 yildan kafedrada “Yadro fizikasi va yadro texnologiyalari” va ”Tibbiyot fizikasi” mutaxassisliklari bo‘yicha magistr talabalariga “Yadro fizikasining eksperimental usullari”, “Yadro reaktorlar fizikasi”, “Tezlatgichlar fizikasi”, “Yadro energetikaning zamonoviy muammolari”, “Tibbiyot texnikasining fizik asoslari”, “Klinik dozimetriya”, “Rentgan va magnit rezonans kompyuter tomografiyasi asoslari” va “Radiatsion xavfsizlik” fanlaridan ma’ruza va amaliy darslar olib bormoqda.

Uslubiy nashrlar

Xolbayev Isobek

  • Yaratilgan vaqti:2026-02-22
  • Fayl hajmi:1.44 MB

xolbayev isobek yadro fizikasi va astronomiya kafedrasi professor

  • Yaratilgan vaqti:2026-02-22
  • Fayl hajmi:1.44 MB

Avtoreferat

Ilmiy nashrlar

Sertifikatlar

Videodarslar

Loyihalar