Mehnat faoliyati
Mehnat faoliyati
Yunusov Anvar Xolmatovich 1970-yilda hozirgi Oʻzbekiston Milliy Universiteti (Mirzo Ulugʻbek nomidagi) Fizika fakultetini tamomlagan. 1981-yildan buyon fizika-matematika fanlari nomzodi. Umumiy ish staji: 55 yil.
- 1965–1970 yy.: Toshkent davlat universiteti, Fizika fakulteti — talaba.
- 1970–1988 yy.: Toshkent davlat universiteti, Fizika fakulteti — katta muhandis, aspirant, assistent, dotsent.
- 1988–1991 yy.: Toshkent davlat universiteti — universitet partiya tashkiloti kotibining oʻrinbosari.
- 1991–1993 yy.: Toshkent davlat universiteti, Fizika fakulteti — dotsent.
- 1993–1999 yy.: Toshkent davlat universiteti — prorektor, birinchi prorektor.
- 1999–2001 yy.: Toshkent davlat universiteti qoshidagi S.X. Sirojiddinov nomli akademik litsey — direktor.
- 2001–2008 yy.: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (OOMTV), Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazi (OʻMKHTM) — direktor oʻrinbosari va Akademik litseylar boshqarmasi boshligʻi.
- 2008–2009 yy.: OOMTV, OʻMKHTM — Markaz direktori oʻrinbosari va Kadrlar tayyorlash hamda ularning mehnatidan foydalanish monitoringini olib borish Bosh boshqarmasi boshligʻi.
- 2009–2010 yy.: OOMTV, OʻMKHTM — Kasb-hunar kollejlari boshqarmasi bosh mutaxassisi.
- 2010–2011 yy.: OOMTV, OʻMKHTM — Zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va axborot boshqarmasi bosh mutaxassisi.
- 2011–2019 yy.: “Mehr va muruvvat” jamoat fondi — rais oʻrinbosari.
- 2019–2022 yy.: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar taʼlimi boshqaruvi, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Taʼlim jarayonini tashkil etish kafedrasi — dotsent.
- 2022 y. – hozirgi vaqtgacha: Oʻzbekiston Milliy Universiteti (Mirzo Ulugʻbek nomidagi), Fizika fakulteti, “Umumiy fizika” kafedrasi — dotsent.
Yunusov Anvar Xolmatovich zamonaviy oʻqitish usullari, yangi pedagogik va axborot-innovatsion texnologiyalar, slayd-taqdimotlar hamda multimediа taʼlim resurslaridan foydalangan holda talabalarga dars berib kelmoqda.
U oʻqitiladigan fanlar boʻyicha namunaviy va ishchi dasturlarni muntazam ravishda takomillashtirib bormoqda. Oʻquv jarayonini uslubiy taʼminlashda faol ishtirok etmoqda.
A.X. Yunusov kafedraning ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlarida faol qatnashmoqda. Faoliyati davomida jami 62 ta ilmiy va oʻquv-uslubiy ishlar chop ettirgan, shundan 45 ta ilmiy maqola, 5 ta oʻquv qoʻllanma, 12 ta metodik maqola va metodik qoʻllanmalar.
A.X. Yunusov Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Jamoat kengashi aʼzosi sifatida respublika universitetlarida taʼlim sifatini oshirish, milliy reytinglarni shakllantirish hamda xalqaro reytinglarga tayyorgarlik holatini tahlil qilish, tavsiyalar ishlab chiqish va vebinarlar oʻtkazishda oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda.