Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Turkiya Elchisi

2021 yilning 20-dekabr kuni Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimi Burak Topchi va elchixona tarkibidagi turk maktabi direktori Evni Engin O‘zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi. Uchrashvda Burak Topchini O‘zMUda ilmiy tadqiqot olib borish masalasi muhokama qilindi. Shu bilan birga, Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tarkibidagi turk maktabi bilan ham hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash xususida ham fikrlar almashinildi. Uchrashuv yakunida Burak Topchi O‘zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakultetida ilmiy tadqiqot olib borishiga kelishib olindi.

Ma’lumot uchun: Burak Topchi Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi moliyaviy masalalr bo‘yicha maslahatchi hisoblanadi (2021-yil fevral oyidan boshlab). Bunga qadar u Turkiyaning G‘aznachilik va davlat vazirligida bo‘lim boshlig‘i vazifasida ishlagan.