Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Turkmaniston elchisi bilan ta’lim sohasidagi hamkorlik yuzasidan muloqot bo‘lib o‘tdi

Bugun, 11-sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov Turkmanistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Shadurdi Meredov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida rektor mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlik aloqalariga to‘xtalib, O‘zbekiston Milliy universitetida tahsil olayotgan turkmanistonlik talabalarning bilim olishga bo‘lgan intilishlari va turli tadbirlardagi faol ishtirokini alohida ta’kidladi. Shuningdek, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar, jumladan, ta’lim, turar joy va tibbiy xizmatlar bo‘yicha imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Elchi ham o‘z navbatida ikki davlat, shuningdek, jumladan, O‘zMU bilan yo‘lga qo‘yilgan iliq munosabatlardan mamnunligini bildirib, universitet haqida o‘zining samimiy fikrlarini qayd etdi.

Ta’kidlash joizki, mazkur muloqot ikki tomonlama munosabatlarning yanada mustahkamlanishiga, ta’lim va fan sohasidagi hamkorlikni kengaytirish hamda kelgusida qo‘shma loyihalar va strategik tashabbuslarni amalga oshirish uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.