Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Turli geometriyaga ega bo‘lgan o‘zgravitatsiyalanuvchi sistemalar pulsatsiyasi fonida mayda masshtabli g‘alayonlar beqarorliklari fizikasi

“Astrofizik tadqiqotlar” ilmiy laboratoryasining FZ-2020092851 raqamli Loyihasi bo‘yicha 2022 yil YaRIM yillik
Hisoboti

Loyiha mavzusi: Turli geometriyaga ega bo‘lgan o‘zgravitatsiyalanuvchi sistemalar pulsatsiyasi fonida mayda masshtabli g‘alayonlar beqarorliklari fizikasi
Ilmiy rahbari: professor Nuritdinov Saloxutdin Nasritdinovich, fizika-matematika fanlari doktori
Bajarilish muddati: 05.012022-31.12.2026
Loyiha shifri: FZ-2020092851
Loyiha turi: Fundamental

Kutilayotgan natijalar va ularning ahamiyati.
Mayda masshtabli g‘alayonlar beqarorligi tufayli vujudga kelgan ob’ektlarning eng asosiysi yulduzlarning Sharsimon to‘dalari (ShT) hisoblanib, ular bo‘yicha Xabbl va Gayya kosmik observatoriyalarda qo‘lga kiritilgan kuzatuv ma’lumotlarini matematik tahlili katta ahamiyatga ega. So‘ngra ular va ayrim boshqa ob’ektlarning tuzilishi hamda vujudga kelishiga oid muammolar tahlil qilinadi. Kutilayotgan natijalar quyidagicha:
AQSh va Evropaning ShTlar bo‘yicha Habbl va Gayya kabi Kosmik observatoriyalarda qo‘lga kiritilgan PZS ma’lumotlari hamda galaktikalar boy to‘dalarining zichliklari bo‘yicha kuzatuv ma’lumotlari to‘planib, ular asosida to‘dalar markaziga nisbatan kontsentratsiya darajalari aniqlanadi;
-topilgan markaziy kontsentratsiya darajasi qiymatlaridan foydalanib, ShTlarning klassifikatsiyalari ishlab chiqiladi;
olingan tadqiqot natijalarini taqqoslash maqsadida, mos bo‘lgan konkret mayda masshtabli tuzilmalar shakllanishlarining kuzatuv xususiyatlari anqlanadi.
astrofizika va gravitatsion plazma tarixida birinchi marta, mayda masshtabli g‘alayonlarning nostatsionar pulsatsiyalanuvchi materiyasi fonidagi holati, va shuningdek, sistemaning aylanish darajasi va virial nisbatning qiymatiga bog‘liq holi uchun fundamental natijalar olinadi;
birinchi marta mayda masshtabdagi g‘alayonlar uchun egiluvchan vertikal va gorizontal g‘alayon modalari tadqiq qilinadi;
spiralsimon g‘alayonlarda azimutal to‘lqin soni m=2 ga teng bo‘lgan hol uchun, kollaps boshlangan vaqtdagi virial nisbat qiymatining sistemaning aylanish darajasiga bog‘liqligining kritik diagrammalari tuziladi;
nisbatan barqaror bo‘lgan, anizotropik tezliklar diagrammasiga ega bo‘lgan disksimon sistemaning ikkita yangi nostatsionar modeli quriladi;
to‘lqin sonining biror bir belgilangan qiymatida mayda masshtabli g‘alayonlarning beqarorligi muammolari sferik simmetrik modelda ham, disksimon modelda ham alohida ko‘rib chiqiladi va ularni taqqoslash natijalari olinadi;
fazaviy zichlik funktsiyasining yangi ko‘rinishi bilan, pulsatsiyalanuvchi sistemaning aylanishga ega bo‘lgan holi uchun, nostatsionar dispersion tenglamalari topiladi;
bir qator mayda masshtabdagi tebranish modalari uchun yangi nostatsionar model fonida kritik diagrammalar tuziladi;
mayda masshtabdagi lopsaidal g‘alayonlarning beqarorlik inkrementi m=1 bo‘lgan hol uchun hisoblanadi;
tadqiqot natijalari asosida mayda masshtabli strukturalarning katalogi tuziladi.

Natijalarning ahamiyati, birinchidan, astrofizikaniing qator ilmiy fundamental muammolari, pulsatsiyalanuvchi modellar uchun mos nostatsionar dispersion tenglamalarining yo‘qligi sabab, hali hech kim tomonidan umuman ko‘rib chiqilmagani bilan belgilanadi. Ikkinchidan, mayda masshtabli g‘alayonlarning sonli hisoblash uchun ancha yuqori darajali, to‘lqin soni N va m ga bog‘liq bo‘lgan differentsial tenglamalar sistemasini echish talab etiladi. Rejalashtirilgan fundamental natijalar boshqa pulsatsiyalanuvchi ob’ektlarga va nochiziqlik muhim rol o‘ynaydigan nochiziqli nostatsionar dinamik sistemalarga qo‘llanilishi mumkin.

Hisobot davrida (2022-yilning 1- va 2-kvartallarda) qo‘lga kiritilgan muhim natijalar:
AQSh va Evropa kosmik observatoriyalarida ShTlar bo‘yicha qo‘lga kiritilgan natijalar matematik qayta ishlash orqali to‘dalar ichki kontsentratsiya darajasi ikki xil minimizatsiya usullaridan foydalanib aniqlandi;
minimizatsiya usullari orqali to‘da markaziga nisbatan yulduzlar kontsentratsiyasini xarakterlovchi erkin parametrlar hisoblab topildi;
mayda masshtabli sektorial g‘alayonlanish modalarining 6 ta holi uchun beqarorliklari hisob – kitob qilindi, aylanish parametri bilan virial munosabat orasidagi kritik bog‘lanishlar olindi;
mayda masshtabdagi tebranish modalari beqarorligi o‘rganildi. Anizotrop tezlik diagrammasiga ega bo‘lgan o‘zgravitatsiyalanuvchi disksimon sistemaning yangi ikkita modeli tuzildi;
sharsimon to‘dalarning to‘da markaziga nisbatan kontsentratsiyalari 70 ga yaqin sharsimon to‘da uchun aniqlandi va ushbu parametr bilan ularning boshqa fizik parametrlari orasidagi korrelyatsiyasi o‘rganildi.