Ulsan Milliy fan va texnologiya instituti

O‘zMU Fizika fakulteti professor-o‘qituvchilari Koreya Respublikasi Ulsan Milliy fan va texnologiya institutida (UNIST, QS=197).

2022 yil 14 dekabrdan boshlab Fizika fakulteti dotsentlari A.Nasirov va P.Parchinskiylar Janubiy Koreyaning Ulsan Milliy fan va texnologiya institutiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida O‘zbekiston Milliy universitetida ta’lim olish ham ilmiy ishlarni olib borish imkoniyatlari to‘g‘risida taqdimot qilishdi.

Shuningdek, 15 dekabr kuni Koreyalik hamkorlar bilan O‘zMU olimlari o‘rtasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish bo‘yicha hamkorlik qilish yuzasidan uchrashuvlar o‘tkazishdi.