Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Ustoz jurnalistlar ishtirokida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 3-dekabr kuni Jurnalistika va o’zbek filologiyasi fakulteti Jurnalistika kafedrasida o‘zbek jurnalistikasining yirik vakillari — Muhammadjon Obidov, Ahmadjon Meliboyev, Dadaxon Yoqubov va To‘lqin Eshbek ishtirokida talabalar uchun ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘lgan qimmatli mahorat darsi tashkil etildi. Tadbirda ustoz jurnalistlar zamonaviy media jarayonlari, axborot siyosatining dolzarb yo‘nalishlari, tahrirchilik madaniyati va haqqoniy informatsiya taqdim etish tamoyillari haqida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Dasturda jurnalistikaning turli yo‘nalishlariga oid muhim jihatlar atroflicha yoritildi. Jumladan, Muhammadjon Obidovning chuqur tahliliy yondashuvi, Ahmadjon Meliboyevning faktlarga suyangan xolis jurnalistika maktabi, Dadaxon Yoqubovning adabiyot va publisistika uyg‘unligiga asoslangan uslubi hamda To‘lqin Eshbekning zamonaviy media texnologiyalarini mukammal ko‘llashi talabalar uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni boyitdi.

Mehmon ustozlar durs davomida jurnalistik etika, xolislik, mas’uliyat va jamoat oldidagi burch kabi kasbning asosiy tamoyillarini hayotiy misollar orqali tushuntirib, yosh jurnalistlarni professional faoliyatga tayyorlash, ularning mulohaza va tahlil madaniyatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratdilar.

O’zMU Axborot xizmati