Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

VIII Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

«Strategiyalash nazariyasi va amaliyoti»
MARKAZIY OSIYO STRATEGLAR UNIVERSITARIUMI”

(2025-yil 29-31 oktyabr)

MAQOLALARGA QO‘YILADIGAN UMUMIY TALABLAR

1. To‘plam uchun maqolalarni topshirish muddati 2025-yil 05iyundan 2025-yil 15 sentyabrgacha.

2. Maqola strategik xususiyatga ega bo‘lishi, akademik, RFA ningxorijiy a’zosi V.L. Kvint asos solgan hamda Strategik tadqiqotlar markaziningMurakkab tizimlarni matematik tadqiq qilish” instituti va M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Moskva iqtisodiyot maktabining “Iqtisodiy va moliyaviy strategiya” kafedrasida ishlab chiqilgan umumiy strategiya nazariyasi va strategiyalash metodologiyasi asarlariga tayanishi kerak. Shu bois, tadqiqotda milliy strategiyalash maktabining asosiy asarlarini o‘rganish va ulardan foydalanish zarur hisoblanadi.

3. Matn hajmi 4 dan 6 betgacha to‘liq sahifa (metama’lumotlar, annotatsiya va adabiyotlar ro‘yxatini hisobga olmagan holda), qat’iyan A5 (Word – 97-2003) formatida.

4. Times New Roman shrifti, shrift o‘lchami 11.

5. MARKAZIY OSIYO STRATEG UNIVERSITARIUMI”sessiyasining tanlangan bo‘limi nomi.

6. Strategiyalashdagi dastlabki qadamlar” bo‘limida faqat ilmiy rahbar bilan ishtirok etish mumkin.

7. Sarlavha rus va ingliz tillarida, shuningdek, maqolaning asosiy matni o‘zbek tilida yozilgan bo‘lsa, o‘zbek tilida ham yogon shriftda, bosh harflar bilan, markazga tekislangan holda beriladi.

8. Mualliflarning rus va ingliz tillaridagi ism-shariflari yogon shrift, kursiv, o‘ng tomonga tekislangan holda; mualliflar haqidagi ma’lumotlar maqolaning oxirida alohida jadvalda ko‘rsatiladi. Sarlavhada familiyasi, ismi, otasining ismi, ilmiy unvonlari va darajalari, mamlakat, shahar, oliy ta’lim muassasasi, lavozimi, bog‘lanish uchun elektron pochta manzili keltiriladi

Muallif

Muallif haqida ma’lumot

Author

Information about author

Familiyasi, ismi, otasining ismi to‘liq

ilmiy daraja, ilmiy unvon, boshqa unvonlar, lavozim, ish joyi, mamlakat va shahar, elektron pochta manzili

Familiyasi, ismi, otasining ismi to‘liq (ingliz tilida)

ilmiy daraja, ilmiy unvon, boshqa unvonlar, lavozim, ish joyi, mamlakat va shahar, elektron pochta manzili (ingliz tilida)

9. Maqolaning annotatsiyasi rus va ingliz tillarida, agar asosiy matn o‘zbek tilida yozilgan bo‘lsa o‘zbek tilida ham beriladi oddiy shriftda, matn kengligi bo‘yicha tekislanadi, hajmi 1 sahifadan oshmasligi lozim.

10. Kalit so‘zlar rus va ingliz tillarida, 5 tadan ko‘p bo‘lmasligi kerak.

11. Maqola matni oddiy shriftda, kengligi bo‘yicha tekislanadi, barcha hoshiyalar 2 sm, qatorlar orasi bir qator, til rus, ingliz yoki o‘zbek tilida bo‘lishi mumkin.

12. Matnni avtomatik ko‘chirish taqiqlanadi.

13. Rasmlar oq-qora bo‘lishi shart, rangli to‘ldirish o‘rniga naqshli chiziqlar ishlatish tavsiya etiladi.

14. Formulalar MS Equation 3.0 yoki Math Type formulalar muharririda terilishi lozim.

15. Sahifa raqamlari va giperhavolalar qo‘yilmasin.

16. Jadvallar va rasmlar bevosita matn ichida joylashtirilishi kerak. Rasmlar va jadvallar arab raqamlari bilan raqamlanadi. «Jadval» so‘zi tartib raqami bilan jadvalning o‘ng tomonida joylashadi, undan pastda satr o‘rtasida jadval nomi yoziladi. Rasmlarning raqamlari va nomlari «Rasm» so‘zidan keyin rasmlar ostiga joylashtiriladi.

17. Adabiyot manbalari matnda birinchi marta tilga olinishiga muvofiq ravishda ketma-ket raqamlanadi, raqamlar matnda kvadrat qavs ichida ko‘rsatiladi.

18. Adabiyotlar ro‘yxati (majburiy) sarlavhasiz, asosiy matndan so‘ng, oddiy shriftda sahifa kengligi bo‘yicha tekislangan holda beriladi. Mualliflarning ismi sharif bosh harflari familiyalardan keyin yoziladi. (Manbalar GOST R7.0.5-2008 talablariga muvofiq ko‘rsatiladi(http://docs.cntd.ru/document/1200063713)).

19. Har bir maqola oxirida adabiyotlar ro‘yxatidan so‘ng matn muallif tomonidan tekshirilganligi, sinchiklab o‘qib chiqilganligi va tarqatilishi cheklangan ma’lumotlar mavjud emasligini tasdiqlovchi quyidagi jumla keltiriladi: «Material tekshirilgan, raqamlar, faktlar, iqtiboslar asl manba bilan solishtirilgan, materialda tarqatilishi cheklangan ma’lumotlar yo‘q.»

Talablarga rioya qilinmagan holda, tashkilotchi maqolani To‘plamga kiritishni rad etish huquqiga ega!

Ilmiy maqolalarni yuborish uchun elektron pochta:caus_mse@mail.ru