Xitoy xalqaro muhandislik va konsalting korporatsiyasi bosh maslahatchisi Du Jenli boshchiligidagi Xitoy xalqaro taraqqiyot va hamkorlik agentligi (CIDCA) vakillari 2025-yil 6-avgust kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida bo‘ldi.
CIDCA delegatsiyasi bilan Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Yoqub Ergashev muloqot qilib, muzokara olib bordi. Uchrashuvda O‘zMU qoshidagi Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi tomonidan taqdim etilgan loyihaning moliyalashtirish istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuvning ikkinchi qismida xorijiy delegatsiya a’zolari Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Laboratoriyada olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlanish darajasi va olimlarning ustuvor yo‘nalishlardagi ishlanmalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.
Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikning istiqbollari, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

O‘zMU Axborot xizmati