Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Xitoylik korporatsiyalar rahbarlari delegatsiyasi O‘zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Milliy universitetiga Xitoy Xalq Respublikasining yirik korporatsiya rahbarlari, investorlar hamda yetakchi oliy ta’lim muassasalari vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Yoqub Ergashov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Javlonbek Madatov qabul qildi.

Tashrif davomida mehmonlarga universitetning ta’lim tizimi, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari, xalqaro hamkorlik aloqalari va amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, universitet imkoniyatlari, laboratoriyalari va ilmiy markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

Uchrashuv chog‘ida kimyo texnologiyasi, oziq-ovqat sanoati, axborot texnologiyalari, sun’iy yo‘ldosh integratsiyasi, kichik energiya tizimlari, elektromobil batareyalari va yadro texnologiyalari kabi zamonaviy sohalarda qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, investisiyalarni jalb etish va tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot dasturlarini ishlab chiqish hamda zamonaviy kasblar bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash yo‘nalishida aniq kelishuvlarga erishdilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishdan mamnun ekanliklarini bildirdilar va kelgusidagi muloqotlarni amaliyotga yo‘naltirilgan tarzda, shu jumladan onlayn formatda davom ettirishga kelishib oldilar.