Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Xitoyning Guanjou shahar tashqi ishlar devoni

Xitoyning Guanjou shahar tashqi ishlar devoni direktori Chjan Desyun boshchiligidagi delegatsiya O‘zMUda

2023 yilning 23 avgust kuni Xitoy Xalq Respublikasining Guanjou shahar tashqi ishlar devoni direktori Chjan Desyun boshchiligidagi delegatsiya O‘zMUga tashrif buyurdi.

Shahar tashqi ishlar devoni direktori Chjan Desyun Guanjou shahari xususida batafsil to‘xtalib, u yerda mavjud universitetlar hamda ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikni o‘rnatishda ko‘prik vazifasini bajarish imkoniyatiga ega ekanligini bildirdi.

Uchrashuv so‘ngida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda rivojlantirib borish bo‘yicha salmoqli loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.