Bugun, 29-yanvar kuni, O‘zbekiston Milliy universitetiga Xitoy Xalq Respublikasining Ijtimoiy fanlar akademiyasi Jahon tarixi instituti (CASS) direktori professor Lyu Zuokui boshchiligidagi delegatsiyasi tashrif buyurdi. Mehmonlarni O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov qabul qilib, o‘zaro muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar o‘z faoliyatlari bilan tanishib, hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishdan mamnun ekanliklarini bildirdilar. Xitoy tomoni O‘zbekiston Milliy universitetini O‘zbekistondagi eng nufuzli hamkor sifatida e’tirof etib, ilmiy salohiyatini yuksak baholadi.

Tarix fani yo‘nalishida ilmiy tadqiqotlar olib borish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, nufuzli jurnallarda ilmiy maqolalar chop etish, shuningdek, magistr va doktorantlarning ilmiy stajirovkalarini tashkil etish masalalari yuzasidan kelishuvga erishildi.
Uchrashuv yakunida hamkorlikni mustahkamlash hamda dastlabki kelishuvlar ijrosini ta’minlash maqsadida anglashuv memorandumi imzolandi.
O‘zMU Axborot xizmati