Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Xorijiy OTMlar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida anjuman bo‘lib o‘tdi

Bugun, O‘zbekiston Milliy universitetida Ijtimoiy fanlar fakulteti Sotsiologiya kafedrasi tashabbusi bilan “Zamonaviy dunyoning sotsiomadaniy manzarasi va ijtimoiy tizimlar transformatsiyasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Bir necha tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur konferensiyada Qozog‘iston, Tojikiston hamda Qirg‘iziston Respublikalari oliy ta’lim muassasalaridan professor-o‘qituvchilar, mutaxassislar ishtirok etdi. 

Konferensiya doirasida xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish orqali istiqboldagi rejalar kelishib olindi. 

Konferensiyada sohaning yetuk mutaxassislari, olimlar va ilmiy tadqiqotchilar, doktorant va magistrlar, professor-o‘qituvchilarlarning quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ma’ruzalari muhokama qilindi:

Markaziy Osiyo mamlakatlari integratsiyasi: reallik, zaruriyat va istiqbollar;

Mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy maydoni: an’analar va innovatsiyalar;

Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasini transformatsiyalashuvi;

Raqamli jamiyat davrida sosiomadaniy qadriyatlar transformatsiyasi.

O‘zMU Axborot xizmati