
Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti Axborot xavfsizligi kafedrasi mudiri, texnika fanlari nomzodi, dotsent Olga Boiprav Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakul’teti Axborot xavfsizligi kafedrasida 2025 yil 19 maydan 23 maygacha ilmiy amaliyot (Scientific Internship) o’tash uchun tashrif buyurdi.
Amaliyot davrida O.Boiprav fakultetning o’quv jarayoni, ilmiy yo’nalishlari va loyihalari hamda laboratoriyalari bilan tanishdi. Shuningdek, doktorant va magistrlar uchun seminar tashkil etildi.
Ikki universitet o‘rtasida ilmiy tadqqotlarni hamkorlikda amalga oshirish, hammualliflikda maqolalar nashr qilish va xalqaro qo‘shma ilmiy loyihalarni tayyorlash hamda talabalar va professor-o’qituvchilar almashinuvini yo’lga qo’yish masalalari muhokama qilindi.