Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab sport musobaqalari o‘tkazildi

O‘zbekiston Milliy universitetida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan universitet xodimlari o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi. Tadbir universitet Kasaba uyushma qo‘mitasi va Sport klubi tashabbusi bilan yuqori saviyada o‘tkazildi.

Musobaqalar sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xodimlar o‘rtasida do‘stona muhit yaratish hamda jamoa ruhini mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi. Ishtirokchilar mini futbol, voleybol, shaxmat va shashka kabi sport yo‘nalishlarida bellashdilar.

Mini futbol bahslarida:
• 1-o‘rin – Rektorat jamoasi
• 2-o‘rin – Amaliy matematika fakulteti
• 3-o‘rin – Fizika fakulteti

Ayollar o‘rtasidagi voleybolda:
• 1-o‘rin – Biologiya fakulteti
• 2-o‘rin – Taekvondo va sport faoliyati fakulteti
• 3-o‘rin – Fizika fakulteti

Shaxmat musobaqasi natijalari:
• 1-o‘rin – Zokirov Asqar (Matematika fakulteti)
• 2-o‘rin – Ismatullayev Hayotullo (Fizika fakulteti)
• 3-o‘rin – Otaboyev Dilshod (Geologiya va muhandislik geologiyasi fakulteti)

Ayollar o‘rtasidagi shashka bahslarida:
• 1-o‘rin – Murotova Yulduz (Kimyo fakulteti)
• 2-o‘rin – Xo‘shjahonova Komila (Geologiya va muhandislik geologiyasi fakulteti)
• 3-o‘rin – Xudoyqulova Xurriyat (Matematika fakulteti)

Musobaqa yakunida g‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Tadbir universitet Kasaba uyushmasi qo‘mitasi va Sport klubining xodimlar salomatligi va ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan.

O‘zMU Axborot xizmati