Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

“XXI asr pedagogi imiji: tarixiy meros, xalqaro tajriba, muammolar va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘td

O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Pedagogik ta’lim kafedrasi tomonidan “XXI-asr pedagogi imiji: tarixiy meros, xalqaro tajriba, muammolar va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston hamda bir qator xorijiy davlatlardagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari, yosh olimlar ishtirok etdi. Konferensiyada zamonaviy pedagog shaxsining o‘rni, kasbiy imiji, raqamli savodxonlik, ta’limda innovatsiyalar va boshqa dolzarb masalalar keng muhokama qilindi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar, ilmiy chiqishlar va tajriba almashinuvi konferensiyaning samarali va mazmunli o‘tganidan dalolat berdi.

Konferensiyada pedagog imijining mazmuni va rivojlanish tendensiyalari, uni shakllantirishning psixologik jihatlari, raqamlashtirilgan muhitda oliy ta’lim tashkiloti imiji, Sharq allomalari va jadid ma’rifatparvarlari qarashlarida pedagogik mahorat masalalari, ta’limda innovatsion texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari hamda Yangi O‘zbekistonda uzluksiz ta’limni rivojlantirish istiqbollari kabi yo‘nalishlar bo‘yicha sho‘balarda ilmiy munozaralar olib borildi.