Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (JICA) vakillari O‘zMUda

🔴Bugun, 8 avgust kuni O‘zbekiston Milliy universitetiga Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (JICA) kompaniyasi vakillari tashrif buyurdi.

🔴Mazkur agentlik O‘zbekistondagi uchta oliy ta’lim muassasasi – O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti hamda Farg‘ona davlat texnika universitetlarining ta’lim va tadqiqot sohalaridagi faoliyatlarini yanada rivojlantirishga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatishni maqsad qilgan.

🔴Uchrashuv davomida asosiy e’tibor agentlik hamda hamkor universitetlarning 10 yilga mo‘ljallangan rivojlanish konsepsiyasini ishlab chiqish, tadqiqot konsortsiumlarini tuzish, universitetning ilmiy-tadqiqot bazasi – laboratoriyalarni zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlash masalalariga qaratildi.

🔴Shuningdek, bakalavr va magistr talabalarining xorijda malaka oshirishi bilan bog‘liq yo‘nalishlar muhokama etildi.
Yig‘ilish yakunida tomonlar universitetning ta’lim va tadqiqot faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan konsepsiyani shu hafta yakuniga qadar ishlab chiqishga kelishib oldilar.