Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Yashil energiya va xalqaro hamkorlik: “5+1” loyihasi doirasidagi uchrashuv


Bugun, 24 iyun kuni “GEM Silkvay: Yashil energiya menejmenti 2025” xalqaro yozgi maktabi loyihasi doirasida tashkil etilgan “5+1” loyihasi asosida onlayn va oflayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Italiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Piergabriele Papadia de Bottini, italiyalik professorlar Maurizio Acciarri, Silvana Stefani, shuningdek, Markaziy Osiyodan Azakov Siyavush, Ozarbayjon va Albaniyadan tashrif buyurgan professorlar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, kelgusi yozgi maktablarni ham o‘qituvchilar, ham talabalar ishtirokida tashkil etish, ilmiy yo‘nalishlarda hamkorlikda tadqiqotlar olib borish, shuningdek, bugungi kunda butun dunyo duch kelayotgan global muammolarga birgalikda yechim topish bo‘yicha loyihalarni qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qilishdi.


Xalqaro aloqalar bo’limi