Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida O‘zbekiston Milliy universitetida yashil aksiya boshlab yuborildi.

Aksiya doirasida fakultetlardan 500 nafarga yaqin talabalar faol ishtirok etmoqda. Tashabbuskor yoshlar manzarali daraxt ko‘chatlarini ekib, yashil maydonlarni obodonlashtirish ishlariga o‘z hissani qo‘shmoqda.

Ma’lumki, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish, mazkur loyiha doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish belgilangan edi. Bunday keng ko‘lamli tashabbusning amalga oshirilishi natijasida shaharlarimizdagi yashil maydonlar hududi hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirilishi rejalashtirilgan.