Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Yer kuni munosabati bilan “Yer sharini asraylik!” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi masalalariga bagʻishlangan muhim sanalar boʻyicha O‘zbekiston Milliy universiteti Biologiya va ekologiya fakultetida 20-mart – Yer kuni munosabati bilan “Yer sharini asraylik!” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.

Unda fakultetning Ekologiya kafedrasining professor-o‘qituvchilari hamda faol talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Ma’lumki, yer sayyorasi vujudga kelganiga qariyb to‘rt yarim milliard yil bo‘lgan. Uning 29 % dan ortiqrog‘i quruqlikka, qolgan qismi esa dengiz va okeanlarga to‘g‘ri keladi. Ishlov berilgan maydonlar esa bor-yo‘g‘i 11 foizni tashkil qiladi.

Bahorgi tengkunlik kuniga to‘g‘ri keladigan sana 1971-yildan beri BMT tashabbusi bilan nishonlanib kelinmoqda. Bayram arafasida XIX-asrning ikkinchi yarmidan boshlab nishonlanadigan «Daraxtlar kuni» o‘tkaziladi, bunda butun dunyo bo’ylab daraxt va buta ko’chatlari ekiladi.

Yer kuni sayyoramizga g’amxo’rlik qilish zarurligini eslatuvchi muhim sana hisoblanadi.

Biz barchangizni daraxt ekish, plastikdan foydalanishni kamaytirish va suvni tejash hamda bu orqali atrof-muhitni muhofaza qilishga o‘z hissangizni qo‘shishga chaqiramiz. Keling, umumiy uyimiz — Yer sayyoramizga g’amxo’rlik qilaylik.

O’zMU Axborot xizmati