Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Yong‘in xavfsizligi o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

Bugun, Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakultetida yong‘in xavfi tug‘ilganda va sodir bo‘lganda amalga oshiriladigan chora-tadbirlarga muvofiq amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Unda fakultet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va 155 nafar ko‘ngilli talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Soha xodimlari tomonidan talabalarga zaruriy ko‘nikmalar berildi, eslatmalar tarqatildi. Favqulodda vaziyatlar, yong‘in, is gazidan zaharlanish va boshqa turdagi sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Talabalarning bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi.

Talabalarga yong‘in sodir bo‘lganda harakat qilish tartibi tushuntirildi. 4 ta guruh tuzulib, jamoat tartibini saqlash, yong‘in xavfsizligi, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va qutqaruv yo‘nalishlarida amaliy mashg‘ulotlar olib borildi.

Evakuatsiya guruhlari tomonidan vazifalar bo‘yicha binoni tark etish harakatlari va yordam ko‘rsatish amallari bajarildi. Talabalar  va xodimlar fakultetning 1-qavatida joylashgan kutubxonadan evakuatsiya chizmalariga muvofiq yo‘l ko‘rsatuvchining komandasi bo‘yicha xavfsiz tarzda binoni tark etishni mashq qildilar.

O‘zMU Axborot xizmati