Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Yoshlar bilan ishlashda “VEB – LEKTORIY” innovatsion loyihasiga start berildi

Mazkur loyihada Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha masʼullar bugungi kunda yoshlarni qiziqtirib kelayotgan dolzarb mavzular, voqelik va jarayonlar, ijtimoiy muammolar va ularning yechimi, taklif va tashabbuslari orqali o‘zlarining «Event» chiqishlarini namoyonetadi.

“VEB – LEKTORIY” loyihasidan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarning hayotiy pozitsiya va strategiyasini aniq byelgilab olish, o‘z oldiga maqsad qo‘yish va muvaffaqiyatga erishish motivlarini shakllantirishdan iborat. Mazkur loyiha O‘zMU yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha prorektor rahbarligida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi, universitet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi, universitet yoshlar ittifoqi BT yetakchisi hamda yosh magistr va doktorantlar tomonidan haftada bir marta “ZOOM” platformasi orqali onlayn shaklda o‘tkaziladi.

Ushbu loyiha yoshlarning o‘z sohasi bo‘yicha kelajakdagi maqsadlarini aniq belgilab olish, katta hayotga dadil qadam qo‘yish, kelgusida oila va ish faoliyatida to‘g‘ri qaror qabul qilishda drayver bo‘lishiga ishonamiz.

“VEB – LEKTORIY” loyihasi – bu, aynan siz kutgan loyiha!

Yoshlar bilan ishlash,

maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi