Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Yoshlar uchun Oʻzbekiston-Yaponiya innovatsion markazi

2024 yil 29 mart sanasida Oʻzbek-Yapon yoshlari innovatsiya markazi Jamoat bilan aloqa boʻlimi boshligʻi Luka Kohara va loyixa menedjeri ekspert Yukinori (Falah) Yanagida Oʻzbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurishdi. Uchrashuvda Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor Raima Shirinova, Iqtisodiyot fakulteti dekan Abduvaxob Umarov va OTFIV vakili qatnashishdi.

Suhbat davomida Yaponiyaning bir qator nufuzli universitetlari va OʻzMU oʻrtasida jadal rivojlanayotgan hamkorlik aloqalari va professor-oʻqituvchilar almashinuvi hamda talabalar akademik mobilligi hususida toʻxtalib oʻtildi.

Kelgusida ushbu hamkorlik aloqalarini kengaytirish maqsadida boshqa universitetlar bilan ham memorandumlar imzolash, birgalikda maqolalar chop etishga kelishib olindi.

On March 29, 2024, the head of the public relations department of the Uzbek-Japanese youth innovation center, Luka Kohara, and the project manager, expert Yukinori (Falah) Yanagida, visited the National University of Uzbekistan.  The meeting was attended by Vice Rector for International Relations Raima Shirinova, Dean of the Faculty of Economics Abduvakhab Umarov and a representative of OTFIV.