Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
Kimyo fakulteti. 2025 yil 25 noyabr soat 10:30 da Oziq-ovqat mahsulotlari kimyosi (KOOM) hamda Tabiiy va fiziologik faol birikmalar kimyosi (TFFBK) yo‘nalishlari 2301 o‘zbek guruhi talabalari bilan Kimyo fakulteti 215-ma’ruzalar xonasida yuksak darajada tashkil etilgan Biologiya va ekologiya fakulteti Ekologiya kafedrasi dotsenti v.b., g.f.f.d PhD Z.A.Abdurashidovning Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan “Favqulodda vaziyatlar, ularning turlari va xususiyatlari” mavzusida ochiq darsga tashrif buyurgan kafedra va fakultet professor-o‘qituvchilar hamda onlayn ZOOM internet profil tarmog‘ida ham quyidagi ssilka https://us06web.zoom.us/j/82709976580?pwd=GjbQDficabtVDN4j6ATuYUW9YzaYDu.1 onlayn tarzida hamda an’anaviy oflayn tarzda ham ochiq dars muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Jami: 54 ta kafedra, fakultet professor-o‘qituvchilari shundan, 11 nafari xorijiy professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

Darsning asosiy qismida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Favqulotda vaziyatlar vazirligi Favqulodda vaziyatlar, ularning turlari va xususiyatlariga doir jihatlar tushuntirib berildi.
g.f.f.d PhD dotsent Z.A.Abdurashidov mavzuni yoritishda zamonaviy ped texnologiyalardan, ko‘rgazmali qurollar, slaydlar va mavzuga doir videoroliklardan juda unumli va o‘z o‘rnida foydalandi. Bu talabalarda qo‘shimcha darsni puxta o‘rganishiga zamin yaratdi deyish mumkin.
